Agentlik
Biz haqimizda
O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Agentlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
- Mualliflar, ularning huquqiy vorislari hamda boshqa mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining mulkiy huquqlarini tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirish va himoya qilish, muallialik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik hamda buzilgan huquqlarni tiklash bo’yicha zarur choralar ko’rish;
- Fan, adabiyot va san’at asarlarini, shuningdek ushbu asarlar mualliflarini ro’yxatdan o‘tkazish, O’zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob’yektidan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritish;
- Mualliflarning, ularning huquqiy vorislarining hamda boshqa mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan chet ellarda, belgilangan tartibda ifodalash;
- Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.




