Agentlik
Hamkorlar
O’zbekiston Respublikasi “Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to’g’risida”gi Bern konvensiyasiga a’zo, bunga muvofiq, chet el mualliflarining asarlari O’zbekiston Respublikasida, o’zbek mualliflarining asarlari esa chet elda himoya qilinadi.
Chet el mualliflik huquqi jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida o’zaro vakillik manfaatlarini nazarda tutgan holda Agentlik chet el mualliflarining asarlaridan foydalanganlik uchun mualliflik haqini yig’shni amalga oshiradi va chet el huquq egalariga taqsimlash va to’lash uchun ularni ushbu jamoat tashkilotlarining hisob raqamiga o’tkazadi.
O’z navbatida Agentlik bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq chet el mualliflik huquqi jamoat tashkilotlari o’z hududida o’zbek mualliflarining asarlaridan foydalanganligi uchun mualliflik haqini yig’adilar va o’zbek mualliflari yoki ularning merosxo’lariga taqsimlash va to’lash uchun Agentlik hisob raqamiga o’tkazadilar.
Hozirgi vaqtda Agentlik quyidagi tashkilotlar bilan o’zaro manfaatlarini nazarda tutgan holda Bitim tuzigan:
- Qozog’iston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlar davlat Agentligi 03.01. 1995y. dan jamoa asosida mualliflarning mulkiy huquqlarini boshqaradi va o’zaro huquqiy yordam ko’rsatadi;
- Respublika jamoat birlashmasi “Qozog’iston mualliflik jamiyati” mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoa asosida boshqaradi va o’zaro huquqiy yordam ko’rsatadi, E-mail: kazak@nets.kz;
- Qirg’iziston Respublikasi Hukumati qoshidagi davlat Intellektual mulk Agentligi 02.08. 1999 yildan mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoa asosida boshqaradi va o’zaro huquqiy yordam ko’rsatadi http://www.kyrgyzpatent.kg/;
- Rossiya mualliflik jamiyati bilan, uchta yangi bitim tuzildi: “Tomonlarning o’zaro manfaatlari to’g’risidagi shartnoma (katta huquq)”, “Tomonlarning o’zaro manfaatlarini omma oldida ijro etish to’g’risidagi shartnoma (kichik huquq)”, “Tomonlarning o’zaro manfaatlari to’g’risidagi shartnoma (mexanik huquq). Barcha shartnomalar 06.08.2004 yildan http://www.rao.ru/;
- Fonogramma ishlab Chiqaruvchilar Xalqaro Federatsiyasining 08.02.2000 yildagi Intellektual Mulkni himoya qilish sohasidagi hamkorligi;
Yaqin vaqtlarda Evropa va MDHning boshqa davlatlari mualliflik huquqi tashkilotlari bilan shunga o’xshash shartnomalar tuzish rejalashtirilmoqda.
Hamkorlik to’g’risidagi shartnomalar O’zbekiston hududida yashovchi mualliflarning asarlari , shartnoma tuzilgan davlatlar hududida foydalanilganda, xuddi shunday, xorijiy davlat fuqarolarining asarlari esa O’zbekiston hududida foydalanilganda mualliflaning huquqini yanada samaraliroq himoya qilish imkonini beradi. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida mualliflik huquqini himoya qilish va o’zaro huquqiy yordam ko’rsatish to’g’risidagi davlatlararo bitimlar mavjud bo’lmaganda bunday shartnomalar alohida ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, Agentligimiz bilan shartnoma tuzgan davlatlarning biron-birida bizning mualliflar va ijrochilarimiz asarlaridan foydalanilganda yoki ularning huquqlari buzilganda, Agentligimiz xorijiy davlat hududlarida mualliflarimizning huquqlarini himoya qilish yoki amalga oshirish imkoniyatiga ega.




