Agentlik
Xalqaro aloqalar
Agentlik mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshiradi:
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (ÂÎÈÑ) xalqaro tashkilot bo’lib, inson aql-zakovatining mahsuli bo’lgan asarlardan foydalanishni va muhofazasini rag’batlantirishga chaqiradi. Ushbu asarlar intellectual mulk hisoblanib fan va texnika chegaralarini yanada kengaytiradi va san’at dunyosini boyitadi. VOIS o’zining faoliyati tufayli jamijyat hayotini yanada yaxshilashda va uning eng yaxshi manfaatlaridan foydalanishda, hamda haqiqiy millat boyligini yaratishda muhim rol o’ynaydi.
Shtab-kvartirasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo’lib, VOIS Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi 16 ta mahsuslashtirilgan tashkilotning biri hisoblanadi. U intellectual mulkni himoya qilishga taaluqli bo’lgan 23 ta xalqaro bitimlarning ma’muriy funksiyalarini amalga oshiradi. 181 davlat VOISga a’zo davlatlar hisoblanadi. Siz VOIS haqida umumiy yoki yakka tartibda yanayam katta hajimda ma’lumotlarni quyida ko’rsatilgan manzilga murojaat etib olishingiz mumkin.
2. Xalqaro Fonogramma Ishlab Chiqaruvchilar Federasiyasi bilan intellectual mulk muhofazasi to’g’risidagi hamkorlik 08.02.2000 yilda imzolangan.
Manbalar
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining ildizi(o’zagi) 1883 yilga, ya’niy, Iogannes Brams o’zining ucinchi simfoniyasini yaratganda, Robert Luyis Stivenson “Xazinalar oroli” ni yozayotganda, Djon va Emili Rebling esa Nyu-Yorkdagi Bruklin ko’prigini qurib bitirishgan vaqtga borib taqaladi
1873 yil Venadagi Xalqaro ixtiro ko’rgazmasida chet ellik qatnashuvchilar o’z g’oyalarining “o’g’irlanishidan” va tijorat yo’lida boshqa davlatlarda foydalanish xavfidan qo’rqib qatnashishdan bosh tortganliklari sabab, Intellektual mulkning xalqaro muhofaza zaruratiyati aniq bo’ldi.
1883 yil sanoat mulkini himoya qilish to’g’risidagi Parij konvensiyasi - birinchi muhim xalqaro bitim paydo bo’lishi bilan muhimdir, bir mamlakat fuqarolarining yaratgan intellectual ijodining boshqa mamlakatda himoya qilinishiga qaratilgan quyidagi sanoat mulki huquqi shaklida:
- ixtirolar (patentlar);
- òîvàr belgisi;
- sanoat namunalari.
14 davlat a’zolaridan iborat bo’lgan Parij konvensiyasi 1884 yilda kuchga kirgan.Uning nizomiga muvofiq ma’muriy vazifalarni bajarish maqsadida, a’zo-davlatlar kengashini tashkillashtirish maqsadida Xalqaro byuro yaratilgan.
1886 yil xalqaro maydonda mualliflik huquqi va u bilan birga adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to’g’risidagi Bern konvensiyasi paydo bo’ldi. Bu konvensiyaning maqsadi shundan iboratki, unga a’zo bo’lgan davlat fuqarolariga yordam berish, foydalanilgan asarlar uchun o’zining xalqaro himoya qilish huquqini nazorat qilish va shunga muvofiq mualliflik haqi olish - o’zining qo’yidagi asarlariga:
- romanlar, hikoyalar, poemalar,p’esalar;
- ashulalar, îperalar, musiqiy postanovkalar, sonatlar;
- rasmlar, suratlar, haykaltorashlik, àrxitektura asarlari.
Parij konvensiyasida bo’lganidek, Bern konvensiyasi doirasida ma’muriy vazifalarni bajarish uchun Xalqaro byuro barpo etilgan. 1893 yilda uncha katta bo’lmagan bu ikki byuro birlashib yagona xalqaro tashkilot bo’lib, intellectual mulkni himoya qilish bo’yicha xalqaro buyuro Ittifoqi nomi bilan ataldi (bu tashkilot ko’proq uning fransuz tilida qisqartirilgan - BIRPI nomi bilan mashxur).
Shveysariyaning Bern shahrida joylashgan shtab-kvartirasi va shtat bo’yicha xodimlar soni 7 kishidan iborat bo’lgan bu kichikinagina tashkilot bugungi kundagi Butunjahon intellektual mulk tashkilotining o’zagi bo’lib, 175 davlatni birlashtirib, ulardan dunyoning 83 davlatidan tahminan 760 ta xodimning mehnatidan foydalanilib, doimiy ravishda vazifalari va vakolatlari kenglashtirib borayotgan tashkilot bo’lib bormoqda.
Intelektual mulknig mazmuni o’sib borishi bilan tashkilotnig shakil va strukturasi o’zgardi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga va boshqa halqaro tashkilotlarga yaqinroq bo’lish maqsadida, 1960 yilda BIRPI ular joylashgan Jeneva shahriga Berndan ko’chib o’tdi. 10 yildan so’ng Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotini ta’sis qiluvchi Konvensiyaning kuchga kirish munosabati bilan BIRPI VOISga aylantirildi, tizim va ma’muriy islohatlarni periodini o’tib, a’zo mamlakatlarga tegishli Sekretariyatni qabul qilgan.
Intelektual mulk masalalarini ma’muriy boshqarishni amalga ohsirilishini BMTga a’zo davlatlar tomonidan tan olingan yo’llanma (mandat) bilan 1974 yilda VOIS Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus maqomini olgan.
1978 yilda VOISning sekretariati yangi binodagi Shvesariyaning va Fransiyaning yon-atrofi xo’jalik peyzaji bilan tasvirlangan chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan shtab-kvartirasiga ko’chib o’tdi, hozirgi vaqtda bu Jenevadagi mehmondo’st binolardan biriga aylangan.
1996 yil VOIS Butujahon Savdo Tashkiloti bilan hamkorlik to’grisidagi bitimni imzolash bilan o’zining rolini kengaytirdi va yanada ishonchli tarzda savdoni muntazam ravishda globallashtirilgan intellectual mulk huquqining muhimligini namoyish etdi.
Parij va Bern konvensiyalarini tuzilishiga olib kelgan xulosa, aynan inson aqil-zakovatining ijodiy faoliyat mahsulini muhofazasini amalga oshirishga intilish, 117 yildan beri Tashkilot va uning o’rnida oldin faoliyat ko’rsatgan tashkilotning ishini yaxshilab kelmoqda. Lekin shu yillar ichida himoya qilish hajmi va ko’rsatadigan xizmatlar turi ancha kengaygan.
Xalqaro intellectual mulk huquqining rivojlanishi
VOIS faoliyatida intellektual mulkni himoya qilishda yordam bo’lib xalqaro norma va standartlarining rivojlainishi va qo’llanilnshi asosiy rol o’ynaidi. Hozirgi kunda tashkilot 11 ta shartnomaning ma’muriy funksiyalarini amalga oshiradi, ushbu shartnomalarni imzolagan davlatlar ularning muhofazasi uchun belgilangan xalqaro darajada o’rnatilgan huquqiy va umumiy standartlarga rioya qilishlari va ularni o’z hududlarida qo’llashni amalga oshirishga kelishadilar
VOISning shartnoma sistemasi avvalgidek Parij va Bern konvensiyalari bo’yicha yuritilayotgan bo’lsa ham, keyingi shartnomalar ushbu shartnomalarni ta’minlash bilan birga muhofazani kengaytirdi va chuqurlashtirdi, shu bilan birga texnik taraqqiyot va yangi sohani qamrab olish, qiziqish uyg’tish yoki g’amxo’rlik qilishni hisobga olishga imkon berdi. VOISning yaqinda qabul qilingan mualliflik huquqi va VOISning ijrochilar va fonogramma bo’yicha shartnomalar misol bo’ladi. Bu shartnomalar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar normalarini o’z ichiga olgan bo’lib, xalqaro huquq muhofazasi Internet asri talablariga mos keladi.
Ana’naviy bilim, folklor, turli-tuman biologik va biotexnologiya sohasida texnik talablarga javob beruvchi ish tajribalari va soha ehtiyojini hisobga olgan holda, VOIS doimiy ravishda yangi norma va standartlarni ishlab chiqish kerakligini his etadi.
Tashkilot foydalanuvchilarning manfaatlariga muvofiq jarayonni kelishilgan va osonlashtirilgan holda intellectual mulk huquqini milliy va mintaqaviy ro’yxatdan o’tkazish tizimida muhim rol o’ynaydi. Misol, 1994 yildagi tovar belgilari to’g’risidagi qonunlari haqidagi shartnoma biron-bir a’zo davlatning fuqarosi boshqa a’zo davlatda o’zlarining Tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazish uchun qanday ma’lumot taqdim etishi va ular qanday jarayonlarnlarga amal qilish shartligini aniqlaydi.
Biroq, eng yaxshi ishlangan shartnoma ham, agar a’zo davlatlar uning nizomini ish tajribasida qo’llamasalar natijasi kutilgan tarzda bo’lmasligi mumkin, shuning uchun VOIS davlatlarni ozining boshchiligida ishlab chiqilgan shartnomalarni imzolashga va qabul qilishga doimo chaqiradi. Xalqaro shartnomalarga faol ravishda qo’shilish va ularning bajarilishini tartibli ravishda ta’minlash xalqaro huquqiy rejimni nazorat qilishga imkon beradi, intellektual mulk huquqiga butun dunyoda rioya qilishni, mamlakatlarga investitsiyalar kelishiga va iqtisodiy rivojlanishga olib keladi.
Butunjahon Intellectual Mulk Tashkiloti haqidagi ma’lumotlar VOISning rasmiy saytidan olingan http://www.wipo.int/




