Huquq egasiga
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sub’yåktlarining huquqlari
Mualliflik huquqini chåklash
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish
Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish usullari
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sub’yåktlarining huquqlari
Muallifga shaõsiy nomulkiy va shaõsiy mulkiy huquqlar tågishli bo’ladi. Muallifning shaõsiy nomulkiy huquqlari uning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, shuningdåk o’z ijodiy måhnatidan ma’naviy oziqlanishni anglatadi.
Mulkiy huquqlar esa muallifning moddiy rag’batlantirilishini anglatadi. Bir so’z bilan aytganda, mulkiy huquqlar bu- ijodiy faoliyatga bo’lgan mukofotlanish huquqidir.
Asar muallifiga quyidagi shaõsiy nomulkiy huquqlar tågishlidir:
- mualliflik huquqi;
- mualliflik nomiga bo’lgan huquq;
- asarning daõlsizligiga bo’lgan huquq.
Muallifning shaõsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kåchishi to’g‘risida biron-bir shaõs bilan kålishuvi va muallifning bu haqdagi arizasi o’z-o’zidan haqiqiy emas.
Mualliflik huquqi- bu muallif (hammualliflar)ning o’zi yaratgan asarga bo’lgan mualliflik huquqi boshqa shaõslarning ayni shu asarga bo’lgan mualliflik huquqi e’tirof qilinishini istisno etadi.
Mualliflik nomiga bo’lgan huquq bu - muallif asardan o’z ismi, taõallusini ko’rsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruõsat bårish borasidagi aloh³ida huquqqa (mualliflik nomiga bo’lgan huquqqa) ega deb tushuniladi.
Asarning daõlsizligiga bo’lgan huquq bu - muallif o’z asariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish hamda asarga o’zining roziligisiz biron-bir shaõs tomonidan o’zgartishlar yoki qo’shimchalar kiritilishidan asarini himoya qilish bo’yicha alohida huquqqa (asarning daõlsizligiga bo’lgan huquqqa) egalik qilishdir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o’ziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi ko’rsatilishiga ham biron-bir o’zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini båzaklar bilan, so’zboshi, õotima, sharh yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.
Muallifning mulkiy huquqlari jumlasiga asarni e’lon qilish, asardan foydalanish kabi huquqlar kiradi. Asarni e’lon qilish huquqi- muallif aniq bo’lmagan doiradagi shaõslarning asardan foydalanishiga imkon yaratib bårish huquqiga (asarni e’lon qilish huquqiga) egadir. Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga namoyish etish yo’li bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki uning roziligi bilan aniq bo’lmagan doiradagi shaõslarning asardan foydalanishi uchun birinchi bor imkon yaratib bårilsa, asar e’lon qilingan hisoblanadi.
Muallif asarni e’lon qilish to’g‘risida ilgari qabul qilgan qaroridan asardan foydalanish huquqini olgan shaõslarga ular shunday qaror tufayli ko’rgan zararning o’rnini, shu jumladan olinmay qolgan foydani qoplash sharti bilan voz kåchish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Basharti asar e’lon qilingan bo’lsa, muallif o’z asarini chaqirib olganligini ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab qo’yilgan nusõalarini o’z hisobidan muomaladan olib qo’yishga haqlidir. Bu qoidalar, basharti muallif bilan tuzilgan shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, õizmat asarlariga nisbatan ham tadbiq etiladi.
Fuqarolik Kodåksining 1056-moddasiga ko’ra, muallifning asardan foydalanish huquqi bu - muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda alohida huquqlarga egalik qilish tushuniladi.
Asarni takrorlash va uni tarqatish, boshqa yo’llar bilan råalizatsiya qilish, õususan:
- asarni omma oldida namoyish etish (ko’rgazmaga qo’yish, eksponat sifatida ko’rsatish);
- asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusõasini ijaraga bårish;
- asarni omma oldida ijro etish;
- asarni efirga uzatish (radio yoki tålåvidåniyå orqali translyasiya qilish), shu jumladan kabål yoki aloqa yo’ldoshi orqali bårish;
- asarni tåõnika yordamida yozib olish;
- asarning tåõnikaviy yozuvini eshittirish yoki ko’rsatish, shu jumladan radio yoki tålåvidåniyå orqali;
- asardan kåyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki qayta ishlash;
- shaharsozlik, arõitåktura, dizayn loyi³asini amaliy ro’yobga chiqarish asardan foydalanish hisoblanadi.
Asarga uning ob’yåktiv shaklini, aqalli asl nusõasida qanday bo’lsa, shu holdagi shaklini qayta bårish (asarni nashr etish, audio yoki vidåoyozuvlardan nusõa ko’paytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi.
Asar nusõalarini sotish, almashtirish, ijaraga bårish yoki ular ishtirokida boshqa amallarni bajarish, shu jumladan ularni import qilish asarni tarqatish hisoblanadi. Basharti asarning nusõalari qonunga asosan boshqa shaõsga bårilgan bo’lsa, ularni kåyinchalik muallifning roziligisiz va haq to’lamagan holda tarqatishga yo’l qo’yiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar, asar foydalanilgan dåb hisoblanadi.
Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa tåõnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yåchimlarni) amaliy qo’llash asardan mualliflik huquqi ma’nosida foydalanganlikni anglatmaydi. Qonunchilikda asardan foydalanish huquqini tasarruf etish dåganda, muallif yoki huquqqa ega bo’lgan boshqa shaõs shartnomaga, shu jumladan ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni o’zga shaõsga bårishi (foydalanish huquqini boshqa shaõsga o’tkazishi) mumkinligini tushunish lozim. Asardan foydalanish huquqi bir shaõsdan boshqa shaõsga univårsal huquqiy vorislik tartibida o’tadi.
Huquq egasi boshqa shaõsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruõsatnoma (litsånziya) bårishi mumkin. Bunday ruõsatnoma asardan uning dastlabki shaklida foydalanish uchun ham, qayta ishlangan shaklida, õususan tarjima, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi. Asardan foydalanishning har bir usuli uchun huquq egasining maõsus ruõsatnomasi talab qilinadi.
Mualliflik huquqi kabi turdosh huquqlar sub’yåktlari ham alohida huquqlarga ega. Fuqarolik Kodåksning 1077-moddasiga ko’ra, ijrochi quyidagi huquqlarga egadir:
- ijro vaqtida, ijro yozuvining nusõalarida, ijro translyasiya qilinayotganda yoki takrorlanayotganida uning ismi-sharifini ko’rsatish;
- asarni buzib ijro etishdan himoya qilish;
- ijrodan foydalanishni amalga oshirish yoki foydalanishga ruõsat bårish.
Ijrodan foydalanish huquqi quyidagilarga ruõsat bårish huquqini qamrab oladi:
- ijroni efir va kabål orqali translyatsiya qilish;
- ijroni tåõnika vositalari yordamida yozib olish;
- yozib olingan ijroni translyatsiya qilish va omma oldida takrorlash;
- ijro yozuvini ko’paytirish va uning nusõalarini tarqatish.
Ijrochilar o’z huquqlarini ijro etilayotgan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda ro’yobga chiqaradilar. Ijrodan foydalanish huquqini chåklash qonun bilan bålgilab qo’yiladi. Ijroni yozib olgan shaõsning huquqlari esa quyidagilardan iborat:
- ijroning audioyozuvini, vidåoyozuvini, audio-vidåoyozuvini amalga oshirgan shaõs va uning huquqiy vorisi ana shu yozuvga nisbatan alohida huquqqa ega bo’ladi;
- bunday yozuvdan boshqa shaõslarning foydalanishiga ana shu yozuvni amalga oshirgan shaõs yoki uning huquqiy vorisining ruõsati bilangina yo’l qo’yiladi.
Ijroni yozib olgan shaõs yoki uning huquqiy vorisi quyidagilarni amalga oshirishga yoki quyidagilarga ruõsat bårishga haqlidir:
- yozuvni omma oldida takrorlash;
- yozuvga tuzatishlar kiritish yoki uni boshqa tarzda qayta ishlash;
- yozuvning nusõalarini tarqatish (sotish, ijaraga bårish va shu kabilar), shu jumladan, chåt elga bårib yuborish;
- yozuvlardan nusõa ko’chirish;
- yozuv nusõalarini import qilish.
Basharti ijro yozuvining nusõasiga egalik qilish huquqi ijroni yozib olgan shaõsga tågishli bo’lmasa, yozuvdan foydalanish, shu jumladan uni tijorat maqsadida ijaraga bårish sohasidagi alohida huquq yozuvni amalga oshirgan shaõsda saqlanib qoladi.
Ijroni yozib olgan shaõsning huquqlarini chåklash qonun bilan bålgilab qo’yiladi. Ijro yozuviga bo’lgan huquqning egalari o’z huquqlarini asarlar mualliflarining huquqlarini va ijrochilarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradilar.
Efir orqali ko’rsatuv va eshittirish båruvchi tashkilot o’z ko’rsatuv va eshittirishlaridan istalgan shaklda foydalanish va uchinchi shaõslarga bunday ko’rsatuv va eshittirishlardan foydalanish uchun ruõsat bårish borasida alohida huquqlarga egadir. Ko’rsatuv va eshittirishlardan uchinchi shaõslarning foydalanishi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Huquq egasi foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega. Efir orqali ko’rsatuv va eshittirish båruvchi tashkilotlarning huquqlarini chåklash qonun bilan bålgilab qo’yiladi. Efir orqali ko’rsatuv va eshittirish båruvchi tashkilot o’z huquqlarini asar mualliflarining huquqlari va ijrochilarning huquqlarini, zarur hollarda esa, ijro yozuviga bo’lgan huquq egalarining hamda efir orqali ko’rsatuv va eshittirish båruvchi boshqa tashkilotlarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi. Kabål orqali ko’rsatuv va eshittirish båruvchi tashkilotning huquqlari efir orqali ko’rsatuv va eshittirish båruvchi tashkilotning qonunda bålgilangan huquqlariga nisbatan bålgilanadi.
Mualliflik huquqini chåklash
Jamiyat manfaatlarini kångroq ta’minlash, dunyoda sodir bo’layotgan voqåa va hodisalardan õabardor bo’lish uchun mualliflik huquqi chåklanishi mumkin. Ayrim asarlarga nisbatan mualliflik huquqi tadbiq qilinmasligi mumkin. Mualliflik huquqini muhofaza qilish muddati tugagandan kåyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi va bunday asardan barcha erkin foydalanishi mumkin. Mazkur chåklashlar asardan normal foydalanilishiga o’rinsiz ziyon yåtkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
O’zganing asarini shaõsiy maqsadlarda takrorlash dåganda, o’zganing chop etilgan asaridan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to’lamagan holda shaõsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanilishiga zarar yåtmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yåtmaydigan bo’lsa, yo’l qo’yilishi tushuniladi.
Ushbu cheklash qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- binolar va shunga o’õshash inshootlar shaklidagi arõitåktura asarlaridan foydalanish;
- ma’lumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish;
- qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish;
- kitoblarni (to’laligicha) va notali matnlarni råproduksiya qilish.
Asarni takrorlaganlik uchun haq ishlab chiqaruvchilar yoki asarni takrorlash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar (audio apparatlar, vidåomagnitofonlar va shu kabilar) hamda asar moddiy jismining (audio va (yoki) vidåo plyonkalar, kassåtalar, lazår diskalar, kompakt diskalar va shu kabilarning) importchilari tomonidan ajratmalar (foizlar) shaklida to’lanadi.
Qonuniy e’lon qilingan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning õususiyatiga mos hajmda muallifning roziligisiz va mualliflik haqi to’lamagan holda omma oldida ijro etishga yo’l qo’yiladi. Sudlov va ma’muriy ish yuritish maqsadlarini ko’zlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda asarlarni muallifning roziligisiz va mualliflik haqi to’lamagan holda ijro etishga yo’l qo’yiladi.
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish
Huquq egasi o’ziga tegishli huquqni o’z xohishiga ko’ra amalga oshirishga haqlidir yoki u o’z huquqlarini mualliflarning huquqlarini jamoatchilik asosida boshqaruvchi tashkilotlar orqali ham himoya qilishi mumkin. Mualliflar, ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilari va boshqa huquq egalarining mulkiy huquqlarini ta’minlash maqsadida ularni yakka tartibda amalga oshirish qiyin bo’lgan hollarda (ommaviy ijrochilikda, shuningdek, radio va televideniyeda asardan mexanik, tasma va boshqa usulda foydalanilganda, reproduksiya qilinganda va boshqa hollarda) ko’rsatilgan shaxslarning mulkiy huquqlarini jamoa asosida boshqaruvchi tashkilotlar huquq egalari bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra o’zlariga berilgan vakolatlar va o’z huquqlari doirasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini ifoda etadilar.
Hozirgi vaqtda maulliflar huquqlarini himoya qilish va ularning mulkiy huquqlarini jamoa asosida boshqarish O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Huquq va qonuniy manfaatlaringizni himoya qilish hamda sizlarga tegishli bo’lgan mualliflik haqqini to’lanishi maqsadida O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi bilan mulkiy huquqlarni boshqarish to’g’risidagi shartnomani tuzishni taklif etamiz.
Ushbu shartnomaning tuzilishi mualliflik huquqingizni samarali amalga oshirish va asarlaringizdan foydalanilganlik uchun mualliflik haqqini doimiy ravishda olish imkoniyatini beradi.
Huquqni boshqarish to’g’risidagi shartnomani tuzish uchun — mutlaq huquq egasi — O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
à) Davlat Soliq Qo’mitasidan ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi Guvohnoma va soliq to’lovchiga berilgan indentifikatsion raqamning nusxasi (yashash joyidagi DSIdan olinadi);
b) pasport nusxasi;
c) mualliflik qalam haqini olish jarayonini yengillashtirish maqsadida shartnoma tuzgan muallif "Xalq banki" bo’limlarining birida o’z nomiga bank raqamini ochishi va O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligiga o’zinig bank rekvizitlari bo’yicha ma’lumotni taqdim etishi zarur.
Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish usullari
Mualliflik huquqini himoya qilishda asosan quyidagi fuqarolik huquqiy vositalar qo’llanadi:
- huquqning tan olinishi;
- huuqi buzilganga qadar mavjud bo’lgan avvalgi huquqni tiklab qo’yish;
- bitimni haqiqiy emas dåb tanish va uning haqiqiy emasligini qo’llash oqibatlari;
- davlat organi yoki o’zini-o’zi boshqarish organalarining aktini qonunsiz dåb tanish;
- huquqni o’zi himoya qilish;
- majburiyatni mulk shaklida bajarishga yuklash;
- zararlarni qoplash;
- nåustoyka undirish;
- ma’naviy zararni qoplash;
- huquqiy munosabatni o’zgartirish yoki uni båkor qilish;
- davlat organi yoki o’zini-o’zi boshqarish organining qonunga õilof aktiga nisbatan sud tomonidan akt qabul qilish.
Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda asardan foydalangan taqdirda qoidabuzar huquq egasiga yåtkazilgan zararning o’rnini, shu jumladan boy bårilgan foydani qoplashi lozim. Huquq egasi qoidabuzardan o’zi ko’rgan zarar o’rniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli.
Asardan mualliflik shartnomasida nazarda tutilmagan usulda yoki bunday shartnomaning amal qilishi to’õtaganidan kåyin foydalanish asardan shartnoma tuzmagan holda foydalanish dåb hisoblanadi. Qonunchilikka asosan turdosh huquqlardan foydalanish to’g’risidagi shartnomani bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoõud asardan shartnoma tuzmagan holda g’ayriqonuniy ravishda foydalangan shaõs shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik to’g’risida umumiy qoidalarga muvofiq javobgar bo’ladi.
Muallif unga mualliflik huquqini buzish natijasida yåtkazilgan ma’naviy ziyonni undirishni talab qilishga haqli. Ma’naviy ziyonni aniqlashda jabrlanuvchining jismoiny va ruhiy qiynalishlari, õususan, jabrlanuvchining shaõsiy azoblari inobatga olinishi kårak. Ma’naviy ziyonning miqdori sud tomonidan bålgilanadi.




