Maslahat

Odatiy savollar


Q×òî Mualliflik huquqi nima?
Mualliflik huquqi - yuridik termin bo’lib, adabiyot va san`at asarlarning mualliflariga beriladigan huquqlarni bildiradi.
QMualliflik huquqining ob`ektlariga nimalar kiradi?
Mualliflik huquqi qatoriga qo’yidagi asarlar kiradi: romanlar, pyesalar, poemalar, ma`lumot nashriyotlari, gazetalar va kompyuter dasturlari kabi adabiyot asarlari kiradi; ma`lumotlar bazalari; filmlar, musiqiy va xoreografiya asarlari; arxitektura asarlari hamda jug’rofik xaritalar va chizmalar.
QMualliflik huquqi qanday huquqlarni beradi?
Asarlari mualliflik huquqi tomonidan himoyalanadigan mualliflar va ularning merosho’rlariga belgilangan huquqlar beriladi. Ular asardan foydalanish yoki kelishilgan shartlarga binoan boshqa shaxslarga foydalanish uchun huquq berishga mutlok huquq egalari bo’ladi. Asar muallifi qo’yidagilarga ro’xsat berishi yoki taqiqlashi mumkin:
  • uni har qanday shaklda ko’paytirish, masalan yozuv nashri ko’rinishida yoki ovoz yozish yo’li bilan;uni omma oldida ijro etish, masalan teatr pyesada yoki musiqiy asarda;
  • uni yozib olish, masalan kompakt-diskga, kassetalarga yoki videotasmaga;
  • uni uzatish vositalari bilan habardor kilish, masalan radio, sim (kabel) yoki sputnik aloqasi orqali;
  • uni boshqa tillarga tarjima qilish.
Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan san`at va man`aviyat asarlarning ko’plarini ommaga etqazish kerak (masalan, yozuv nashrlari, ovoz yozuvi, filmlar), bu esa pul mablag’larini talab qiladi; shuning uchun mualliflar ushbu badiiy asarlarni ko’paytirish va sotish uchun hamma narsasi yetarli bo’lgan ayrim shaxslarga yoki kompaniyalarga o’z asarlariga bo’lgan huquqlarini sotadilar. Bu asarlar uchun mualliflik haqining miqdori ko’pincha asardan foydalanish hajmiga bog’liq bo’ladi, bu taqdirda mualliflik haqining o’zi esa royalti deb nomlanadi.
VOIS ning tegishli sharntomalarning shartlariga ko’ra, mulkiy huquqlarning himoyasi muallifning vafotidan keyin 50 yilgacha chegaralangan. Milliy qonunchilik bundan ham uzoq muddatlarni qo’yishi mumkin. Shunday tarzda belginlangan quriqlash muddatlari mualliflarga va ularning merosxo’rlariga ma`lum vaqt ichida iqtisodiy foydani olish imkoniyatini yaratadi. Mualliflik huquqi sohasiga shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoyalash ham kiradi, bu esa mualliflikni talab qilish huquqini, muallif obro’siga putur etqazadigan o’zgartirishlarni asarga kiritilishini taqiqlash huquqi.
Asrarning muallifi yoki mualliflik huquqining egasi noqonuniy saqlangan yoki ishlab chiqarilgan himoya qilinadigan asarning aslidan olingan kontrafakt nusxalarni izini topish maqsadida binolarni ko’rish yo’li bilan o’z huquqlarini ma`muriy yoki sud tartibida amalga oshirishi mumkin. Huquq egasi bunday faoliyatni sud orqali taqiqlashi va moddiy foydani yo’qotganligi natijasida keltirilgan zarar uchun kompensatsiyani talab qilishi hamda muallif ekanligini e`lon qilinishini talab qilishi mumkin.
QNima uchun mualliflik huquqini himoya qilish kerak?
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ijodning rivojlanishi uchun zarur shartlari bo’lib, mualliflarni tan olish va ularga tegishli moddiy mukofotlarni olish imkonini yaratadi. Bu himoya qilish tizimi mualliflar asarlarining noqonuniy tarqalib ketmasligiga kafolat beradi, bu esa o’z navbatda butun dunyo davlatlarning aholisiga madaniyat boyliklariga, bilimlarga va ko’ngilocharliklarga hamda ularning yanada yuqori sifatlariga kafolat berib, erkin, mustaqil holda kirishga imkoniyat beradi.
QMualliflik huquqi qanday tartibga solinadi?
Mualliflik huquqining himoyasi hech qanday rasmiyatchiliklarga bog’liq emas. Ijodiy mahsulotning himoyasi asar yaratilgan vaqtdan boshlanadi deb hisoblanadi. Biroq, ko’pgina mamlakatlarda mualliflik huquqi bo’yicha milliy idoralari mavjud, ayrim davlatlarning qonunchiligi esa asarlarning nomini solishtirish va ularning farqini aniqlash uchun ro’yxatdan o’tkazish imkoniyatini qo’llaydi.
Ijodiy mahsulot egalarining ko’plarida mualliflik huquqini ma’muriy yoki sud tartibida himoya qilish uchun yetarli mablag’ bo’lmaydi, ayniqsa adabiy va musiqiy asarlardan kundan-kunga foydalanish huquqlari hamda ijro etish huquqi kengayganligini hisobga olgan holda. Natijada, ko’ p davlatlarda mulkiy huquqlarni jamoa bo’lib boshqarish jamiyatlari yoki tashkilotlari keng tarqalmoqda. Bu tashkilotlar ma’muriy va yuridik faoliyatining muhim tajribasiga tayangan holda, tashkilotning biron-bir muallif-a’zoning asarlaridan xalqaro foydalanilganligi uchun ulardan yig’imlar, royaltini boshqarish va taqsimlash kabi xizmatlarni o’z a’zolariga ko’rsatadi.