Agentlik yangiliklari
15.07.2011Intellektual mulkni himoya qilinadi
Mualliflik huquqini himoya qilish yuzasidan mamlakatimizda mustahkam
huquqiy-normativ baza yaratilgan. O`zbekiston mualliflik huquqini
himoya qilish respublika agentligi tomonidan mualliflik huquqining
buzilishini oldini olish borasida keng qamrovli faoliyat olib
borilmoqda.
Agentlik bu borada mutasaddi vakolatli idoralar bilan birgalikda kontrafakt mahsulotlarni tarqalishiga barham berish choralarini ko`rmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga mualliflik huquqi buzilgan holda noqonuniy disk savdolari amalgam oshirilayotganligi to`g`risida xat bilan murojaat etish doimiy tusga kirgan.
Toshkent shahridagi Olmaqzor tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat tartibida va qisqa muddatli tekshirish paytida fuqaro noqoniy deb topilib, Ж.У. Ибодуллаевга қарашли савдо растасидан olib qo`yilgan 460 dona lazer disklari vaqtincha saqlash uchun “Rasul Saidahon” MCHJ do`koniga berilgan. Disklarning umumiy qiymati 5 933 000 (беш миллион тўққиз юз ўттиз ўч минг) сўмни ташкил қилади. Ayni paytda O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligidan ekspertiza xulosasi olinib, DSI materiallarni sudga topshirdi. Har qanday qonunbuzilish ertami-kechmi, albatta tegishli huquqiy chora ko`riladi.
Agentlik matbuot xizmati.




