Agentlik yangiliklari
21.04.2011Ko`za kunida sinadi…
Intellektual mulkni himoya qilish yuzasidan yurtimizda mustahkam
huquqiy-normativ baza yaratilgan. O`zbekiston mualliflik huquqini
himoya qilish respublika agentligi tomonidan mualliflik huquqining
buzilishini oldini olish borasida keng qamrovli faoliyat olib
borilmoqda.
Agentlik bu borada mutasaddi vakolatli idoralar bilan birgalikda kontrafakt mahsulotlarni tarqalishiga barham berish choralarini ko`rmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga mualliflik huquqi buzilgan holda noqonuniy disk savdolari amalgam oshirilayotganligi to`g`risida xat bilan murojaat etish doimiy tusga kirgan.
Toshkent shahridagi Olmaqzor tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat tartibida va qisqa muddatli tekshirish paytida fuqaro Nuraliev Ahmadjondan noqoniy deb topilib, olib qo`yilgan 494 dona lazer disklari vaqtincha saqlash uchun “Rasul Saidahon” MCHJ do`koniga berilgan. Disklarning umumiy qiymati 7 530 000 so`m qilib belgilangan. Ayni paytda O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligidan ekspertiza xulosasi olinib, DSI materiallarni sudga topshirdi.
Agentlik matbuot xizmati.




