Agentlik yangiliklari
10.02.2011Muallif haq bo`lib chiqdi
O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to`g`risida”gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy
shaxslar asardan faqat huquq egasi (muallif) bilan tuzilgan shartnomaga
binoan foydalanishi mumkinligi ko`rsatilgan. Muallif esa o`z asaridan
foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega. Shunday
qilinmagan holatda qonun buzilgan hisoblanadi.
O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligiga muflliflik huquqi bilan bog`liq murojaatlar doimiy ravishda kelib tushadi. Ular aksariyat hollarda ijobiy hal etiladi yoki muallifni qoniqtiruvchi javob beriladi.
Rassom, O`zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi A. Bahromov ham Agentlikka murojaat qilib o`zi chizgan emblemaga nisbatan mualliflik huquqini tiklab berishni so`ragan.
Ma’lum bo`lishicha muallif O`zbekiston Ekoharakatining emblemasinini yaratgan va hozirda undan foydalanilmoqda ekan.
Agentlik tomonidan ko`rilgan choralar tufayli A. Bahromovning ijodiy mehnati rag`batlantirildi. U muflliflik huquqi tiklanganligini va boshqa e’tirozi yo`qligini Agentlikka ma’lum qildi.
Agentlik matbuot xizmati




