Agentlik yangiliklari
17.01.2011Mualliflik huquqi – qonun bilan himoya qilinadi
O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi
tomonidan fan, adabiyot, san’at asarlarini hamda audio-vizual
mahsulotlarni mualliflik huquqlarini himoya qilish yuzasidan sezilarli
ishlarni amalgam oshirilmoqda. Agentlik O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi, Davlat Soliq qo’mitasi, IIB, Davlat Bojxona qo’mitasi va
boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda kontrafakt mahsulotlarni
aniqlash va yo’q qilishda birmuncha samarali ishlarni amalga
oshirmoqda. Ana shunday amaliy hamkorlik natijasida reydlar va
o`rganishlar vaqtida kontrafakt disk sifatida vaqtincha olib
qo`yilgan mahsulotlar xulosa olish uchun O’zbekiston mualliflik
huquqini himoya qilish respublika agentligiga topshiriladi.
2010 yilda Agentlik tomonidan 159 296 dona kontrafakt disklarga 151 dona xulosa berilgan. Ularning barchasi mualliflik huquqi buzilgan holda ishlab chiqarilganligi tasdiqlangan.
Mamlakatimiz intellektual mulkni himoya qilish yuzasidan bir qator xalqaro tashkilotlar va konvensiyalarga a’zo bo’lgan. Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT), Bern Konvensiasi ana shular jumlasidandir. Mualliflik huquqiga oid barcha masalalar bo’yicha davlatimiz ular bilan teng va o’zaro hamkorlik tamoyillari asosida qatnashib keladi. Bu sohada boshqa davlatlar bilan ham aloqalar o’rnatilgan.
Yurtimiz intellektual salohiyati nihoyatda yuksak ekan, uni ko’z qorachig’idek asrash barchamizning fuqarolik burchimizdir.
Agentlik matbuot xizmati.




