Agentlik yangiliklari
17.02.2011Noqonuniy savdoga chek qo`yildi
O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi
tomonidan mualliflik huquqining buzilishini oldini olish yuzasidan
doimiy ravishda chora- tadbirlar ko`rilmoqda.
Jumladan, Agentlik tomonidan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga mualliflik huquqi buzilgan holda noqonuniy disk savdolari amalgam oshirilayotganligi to`g`risida xat kiritilgan edi. Unga ko`ra tezkor choralar ko`rildi. Toshkent shahridagi Biy ko`chasi 58,59 uylar oldida joylashgan savdo rastalari va Sayram ko`chasi 43 uy oldida joylashgan 2 ta savdo rastalari Mirzo Ulug`bek tumani DSIning “Nazorat tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish” sho`’basi xodimlari tomonidan qisqa muddatli tekshiruvlar o`tkazilgan. O`tkazilgan tekshiruvlarda 6 nafar fuqaro tomonidan litsenziyasiz va hujjatlarsiz noqoniy ravishda lazer disklar bilan savdo qilish holati aniqlangan. Natijada 2612 dona umumiy qiymati 4582,0 ming so`milk lazer disklari va umumiy qiymati 208,0 ming so`milk 2 dona computer dalolatnoma tuzib vaqtincha olib qo`yildi. Hozirgi vaqtda mazkur holat o`rganilmoqda. Noqonuniy savdo faoliyati to`xtatildi.
Agentlik matbuot xizmati.




