Agentlik yangiliklari

31.01.2011

Noqonuniylikka yo`l qo`yilmaydi
 Mamlakatimizda mualliflik huquqi  to`liq himoya qilinadi. O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni qabul qilingan bo`lib, unga ko`ra fan, adabiyot, san’at asarlaridan muallif yoki huquq egasining ruhsatisiz foydalanishga yo’l qo`yilmaydi.

Mamlakatimizda kontrafakt audio-vizual mahsulotlarning tarqalishini oldini olish yuzasidan qat’iy choralar ko`rilmoqda. O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish Respublika agentligi va Mirzo Ulug’bek tumani DSI xodimlari tomonidan o’tkazilgan reyd tekshiruvi vaqtida fuqaro F.Soatovga tegishli xususiy do`konda 3121 dona DVD, CD disklari kontrafakt ekanligini aniqlash uchun olib qo`yildi.
Mazkur huquqbuzilish holati bo`yicha ekspertiza tayinlandi.
Agentlik  matbuot xizmati

orqaga