Dunyo yangiliklari
15.09.2010Mualliflik haqini kim olib berishi hal qilinadi
O`tgan hafta oxirida Rossiya huquq egalari uyushmasi –РСП (prezidenti –
Nikita Mixalkov) va Rossiya turdosh huquqlar jamiyati – РОСП (ijrochi
direktori – Anjelika Korotaeva) davlat akkreditasiyasidan o`tish uchun
o`rnatilgan tartibda murojaat qildilar.
Eslatma tarzida shuni aytish lozimki, notijorat tashkilotlarining akkreditasiyadan o`tishi 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan RF Fuqarolik kodeksining 4 – qismi bilan ko`zda tutilgan bo`lib, bunda mualliflik va turdosh huquqlar oltita viloyatda jamoaviy asosda boshqarilisi nazarda tutiladi.
Kuzatuvchilarning fikriga qaraganda, 20 sentabirgacha qolgan vaqt ichida davlat akkreditasiyasiga boshqa da`vogarlar chiqib qolmasa keyingi besh yil davomida informatsiya tashuvchilar va yozish qurilmalaridan tushadigan mablag`larni o`z mamlakati va xorijlik mualliflariga ajratib berish huquqini Rossiya huquq egalari uyushmasi –РПС yoki Rossiya turdosh huquqlar jamiyati – РОСП qo`lga kiritadi. Yani, bunga mualliflik huquqlari bilan himoyalangan noutbuk, videomagnitofon, fleyshka, mobil telefonlar, kompakt disklar, kassetalar va shunga o`xshash audio- va videomahsulotlarni o`zida saqlovchi hamda namoyish etuvchilar kiradi. Davlat tomonidan akkreditasiya qilingan tashkilot ajratmalarning qaysi qismini huquq egalariga olib berishga da`vogarlik qilishi hozircha ma`lum emas. Faqatgina EvrAzES (ЕврАзЭС) doirasida mualliflik ajratmalari bilan bog`liq bojxoya qoidalariga aniqlik kiritilgan. Boshqa masalalar bo`yicha tez orada hal qiluvch qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Copyright.ru axborot xizmatidan olindi.




