Dunyo yangiliklari
25.05.2010Mualliflik huquqi bo`yicha maxsus sudlarni tashkil etish vaqti keldi, deb shisoblaydi RMJ
“Mualliflik va turdosh huquqlar sohasiga tegishli masalalarni ko`rib
chiqadigan maxsus sudlarni tashkil etish vaqti allaqachon kelgan”, -
dedi RMJ (RAO) Bosh direktori Sergey Fedotov RFda 2010 yilda
Intellektual mulk kunlariga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda.
Mazkur yig`ilish RF Savdo-sanoat palatasida bo`lib o`tdi. Tadbirda RF Savdo-sanoat palatasi Prezidenti Evgeniy Primakov, Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti delegatsiyasi rahbari Mixail Shvantner, Intellektual mulk, patent va tovar belgilari Federal xizmati rahbari Boris Simonovlar so`zga chiqishdi.
Sergey Fedotovning ma'ruzasidan shu narsa ma'lum bo`ldiki, maxsus sudlarning tashkil etilishiga ehtiyojning vujudga kelishi mualliflik huquqi sohasida qonunbuzilish holatlarining nihoyatda ko`payib ketganligidan tashqari, bu nizolarni nihoyatda sinchiklab ko`rib chiqish talab etilayotganligi bilan ham belgilanadi. Nizolarning bu darajada ko`payib ketishi, RMJ raisining so`zlariga qaraganda, “afsuslar bo`lsinki, jamiyatning sezilarli qismi ongida o`rnashib qolgan huquqiy nigilizm tufayli”, yuzaga kelgan.
S.Fedotov shuningdek, yana bir muhim muammoga yani: Internet orqali asarlardan foydalanishni litsenziyalashtirish, boshqacha aytganda, setdan musiqani yuklab olishni qonuniylashtirish to`g`risidagi masalaga ham to`xtalib o`tdi. Biroo` bu muammoni RMJ qanday qilib hal qilmoqchi ekanligi to`g`risida Bosh direktor hech narsa demadi.
Manba: Internet




