Dunyo yangiliklari
19.10.2010RMJ va mehmonxonalar assosatsiyasi mualliflik haqini yig`ish yuzasidan kelishuvga erishdilar
Rossiya Mualliflar Jamiyati (RMJ) va Rossiya Mehmonxonalar
assosatsiyasi (RMA) shartnoma tuzib, hamkorlikni rivojlantirishga
kelishib olishdi.
Shartnomaga muvofiq tomonlar mehmonxona biznesi sohasida asarlar ommaviy ijro etilgan taqdirda mualliflik huquqi to`g`risidagi qonun bilan himoyalanadigan huquq egalari va asarlardan foydalanuvchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilishda hamkorlikni kuchaytiradilar. Shartnoma doirasida tomonlar hamkorlikda majlislar, konferensiyalar, seminarlar, xizmat uchrashuvlari o`tkazadilar, shuningdek, mehmonxona biznesi bilan shug`ullanayotgan korxonalar tomonidan Rossiya Federatsiyasining mualliflik huquqi to`g`risidagi qonuniga amal qilinishiga ko`maklashadilar. Tomonlar mazkur shartnomaning bajarilishi bilan bog`liq masalalar yuzasidan axborot almashinuvini yo`lga qo`yishni, shu bilan birgalikda RMJ esa barcha mehmonxonalardan mualliflik haqini hech bir qiyinchiliksiz yig`ib olishni rejalashtirgan.
Copyright.ru axborot xizmati.




