Dunyo yangiliklari
18.04.2011Sovet filmlarining remeykini suratga olish Bekmambetovga ta’qiqlab qo`yildi
“Sobiq sho`rolar hududida keyingi vaqtda mualliflik huquqining buzilish
holatlari tez-tez takrorlanib turganligi tufayli “Soldat otasi” filmini
va shu nomdagi film ssenariysini mulk egasi sifatida bizlarni noqonuniy
hatti-harakatlardan himoya qilish uchun ommaviy murojaaqt bilan
chiqishimiz zarurati paydo bo`ldi”, - deyiladi afsonaviy kartina
rejisseri Chxeidze va ssenariy muallifi Suliko Jgentining qizi Olga
Jgentilarning arizasida.
Ularning mualliflari ta’kidlashicha, 2006 yilda Bekmambetov tomonidan asos solingan “Bazelevs” kinokompaniyasi ssenariy muallifining oila a’zolari bilan bog`lanib, “Soldat otasi” filmi remeyki uchun mualliflik huquqini sotib olish yuzasidan muzokaralar olib borgan. O`shanda tomonlar kelisha olishmagan. 2011 yilda muzokaralar qaytadan boshlandi ammo yana natija bermagan. Arizada keltirilganidek: “kinokompaniya vakillarining o`zini tutishi, har qanday huquqiy va yuridik majburiyatlardan bo`yin tovlashi shu nomdagi film ssenariysi huquq egalarining hadiksirashiga sabab bo`ldi”. ”Biz,- deyiladi murojaatda,- ushbu murojaat bilan shuni ma’lum qilamizki, “Soldat otasi”syujetidan har qanday turdagi remeyk yoki talqini (shu jumladan janob Bekmambetov tomonidan rejalashtirilgan kinoversiya-“Soldat otasi” syujetini ilmiy-fontastik janrdagi talqini )foydalanishni film va ssenariyning barch huquq egalarining rasmiylashtirilgan kelishuvisiz qat’iy ta’qiqlaymiz”.
Èíòåðôàêñ. Âçãëÿä.




