Maqolalar

10.02.2011

Mualliflik huquqi tiklandi
O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika  agentligi muflliflik huquqi bilan bog`liq turli nizolalarni hal etishda o`ziga berilgan vakolatdan foydalanib, ularning bartaraf etish uchun barcha choralarni ko`rmoqda. Buning uchun mustahkam huquqiy – normative hujjatlar bazasi mavjud.

Taniqli dramaturg Sanjarali Imomov Agentlikka ariza bilan murojaat etib, “Dada demayman”, “Sevaman dedimmi?”, “Qorda yongan muhabbat” (“Ko`chki”) asarlari sahnalashtirilganligini, lekin mualliflik haqi va shartnoma tuzish paysalga solinayotganligi to`g`risida shikoyat qilgan.
O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi (muallif) bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishi mumkinligi ko`rsatilgan. Muallif esa o`z asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega. Shunday qilinmagan holatda qonun buzilgan hisoblanadi.
O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika  agentligi so`rovnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bu masalani muallif ishtirokida ko`rib chiqqan va masala ijobiy hal etilgan. Sanjarali Imomovning mualliflik huquqi tiklandi.
Agentlik matbuot xizmati
orqaga